USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ispaniya JÇ finali çiptalari narxini keskin tanqid qildi

111 марта
Испания ЖЧ финали чипталари нархини кескин танқид қилди

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan 2026 yilgi Jahon çempionati finali uçun belgilangan çipta narxlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda Lusan “Marca” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

Ispaniya terma jamoasi yarim finalda Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etib, mundial finaliga yöl olgaç, hal qiluvçi uçraşuv çiptalari narxi yanada muhokamalar markaziga çiqdi.

Malumotlarga köra, final uçun eng arzon çipta narxi 4451 yevroni, eng qimmati esa 188 ming yevroni taşkil etmoqda. FIFA nazoratidagi rasmiy qayta sotiş platformasida esa ayrim eksklyuziv çiptalarning narxi 2 million yevrogaça yetgan.
Rafael Lusan bu holatni oddiy muxlislarga nisbatan adolatsizlik deb baholadi.

“Final uçun eng arzon çipta taxminan 4000 dollar turadi. Bu xuddi aviaçiptalar narxiga öxşaydi doim oşib yoki tuşib turadi. Bu haqiqatan ham uyatli holat va bunga yöl qöyib bölmaydi. Ispaniyadan bu yerga keliş uçun katta xarajat qilayotgan, örtaça yoki kam daromadli köplab muxlislar bor. Ular nafaqat çipta, balki aviaçipta va mehmonxona uçun ham katta mablağ sarflaşga majbur. Mehmonxonalar narxi esa 800 yevrodan boşlanadi”, deydi Lusan.

Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati finalida Ispaniya Angliya hamda Argentina örtasidagi yarim final bahsi ğolibi bilan töqnaş keladi. Mundialning hal qiluvçi uçraşuvi joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersi ştatidagi “MetLayf” stadionida bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: