Messi “Oltin töp” uçun asosiy favoritga aylandi – OAV
Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi 2026 yilgi “Oltin töp” mukofotini qölga kiritiş uçun asosiy favorit hisoblanmoqda. Bu haqda “Polymarket” naşri xabar berdi.
Naşr baholaşiga köra, Messining ğolib böliş ehtimoli 40,2 foizni taşkil etadi. Ikkinçi örinda Ispaniya terma jamoasi hujumçisi Lamin Yamal (27,5%), uçinçi poğonada esa Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn (15,8%) joylaşgan.
Messi 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçidan keyin “The Athletic” naşrining “Oltin töp” favoritlari reytingiga kiritilgan edi. Bunga uning turnirda oltita gol urib, töpurarlar poygasida peşqadamga aylangani hamda mundial tarixida yangi natija qayd etgani sabab bölgan. Keyinçalik “Oltin töp” taşkilotçilari ham uning mukofot uçun asosiy davogarlardan biri ekanini tasdiqladi.
“Oltin töp” jahon futbolidagi eng nufuzli individual mukofot hisoblanadi. U 1956 yildan buyon topşirib kelinadi. 1994 yilgaça uşbu sovrin faqat Yevropa klublarida töp surayotgan yevropalik futbolçilarga berilar edi. 1995 yildan boşlab Yevropa klublarida öynaydigan barça mamlakat vakillari mukofot uçun davogarga aylandi. Öşa yili liberiyalik hujumçi Jorj Vea “Oltin töp”ni qölga kiritgan birinçi yevropalik bölmagan futbolçi böldi.
2007 yildan etiboran esa dunyoning istalgan klubida harakat qilayotgan futbolçilar mazkur mukofot uçun kuraşiş huquqiga ega böldi. Messi hozirgaça rekord darajada — sakkiz marta “Oltin töp” mukofotini qölga kiritgan.