Tramp Jahon çempionati finaliga boradi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) şarafiga uyuştiriladigan qabul marosimida iştirok etadi va Jahon çempionati finaliga taşrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt malum qildi.
“Bugun AQŞ Prezidenti Manhettendagi “Trump Tower”da bölib ötadigan FIFA qabul marosimida iştirok etiş uçun Nyu-Yorkka boradi. Şundan söng, 19 iyul kuni Ispaniya va Argentina örtasidagi Jahon çempionati finalini stadiondan kuzatadi”, deydi Livitt jurnalistlar uçun ötkazilgan navbatdagi brifingda.
2026 yilgi Jahon çempionatining finalida amaldagi jahon çempioni Argentina terma jamoasi Yevropa çempioni Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv AQŞning Nyu-Jersi ştatidagi “MetLayf” stadionida bölib ötadi.
Malumotlarga köra, Donald Tramp finaldan söng ğolib jamoaga Jahon çempionati kubogini topşiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon çempionatining finalini sloveniyalik tajribali hakam Slavko Vinçiç boşqarişi haqida xabar berilgandi.