Saloh faoliyatini Turkiyada davom ettirişi mumkin
Turkiyaning “Beşiktoş” klubi misrlik hujumçi Muhammad Salohning transferi böyiça ijobiy muzokaralar olib bordi. Bu haqda jurnalist Yağiz Sabunjuöğli malum qildi.
Manbaga köra, tomonlar dastlabki muzokaralarni ötkazib, ehtimoliy kelişuvning moliyaviy şartlarini muhokama qilgan. Avvaliga Saloh yiliga 15 million yevro maoş olişni talab qilgan, ammo keyinçalik “Beşiktoş”ga ötiş uçun öz talablarini pasaytirgan.
Futbolçining vakili muzokaralarni davom ettiriş maqsadida Istanbulga yetib borgan.
Xabarlarga köra, “Beşiktoş” Salohga yana bir mavsumga uzaytiriş imkoniyatiga ega bölgan bir yillik şartnoma hamda yiliga 12 million yevro maoş taklif qilgan.
Malumot uçun, 34 yoşli Muhammad Saloh 2017 yildan buyon “Liverpul” safida töp surib kelgan va joriy yozda klubni erkin agent sifatida tark etdi. U “qizillar” bilan ikki marta Angliya çempionligini, Angliya kubogi, Liga kubogi, Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda Klublar örtasidagi Jahon çempionati boş sovrinini qölga kiritgan.
Misr terma jamoasi safida esa u 119 ta öyinda iştirok etib, 66 ta gol muallifi bölgan. 2026 yilgi Jahon çempionatida Misr 1/8 finalga qadar yetib bordi va uşbu bosqiçda Argentinaga 3:2 hisobida mağlub böldi.