Tramp bilan mojarodagi Ispaniya Boş vaziri JÇ finaliga boradi
Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan mudofaa xarajatlari böyiça kelişmovçiliklarga qaramay, Ispaniya va Argentina örtasidagi Jahon çempionati finalini tomoşa qiliş uçun Nyu-Yorkka boradi. Bu haqda RTVE xabar berdi.
Naşr malumotiga köra, ötgan hafta Anqarada bölib ötgan NATO sammitida Tramp Vaşington endi Ispaniya bilan savdo qilişni istamasligini bildirib, mamlakatni “yutqazilgan holat” va NATOdagi “yomon şerik” deb atagan.
Manbalarga tayangan holda telekanal Pedro Sançes 2026 yilgi FIFA Jahon çempionati finalida Argentinaga qarşi bahs olib boradigan Ispaniya terma jamoasini qöllab-quvvatlaş uçun Nyu-Yorkka taşrif buyurişini malum qildi.
Sançesga Ispaniya Sport vaziri Milagros Tolon hamrohlik qiladi. Şuningdek, final uçraşuvini Ispaniya qiroli Felipe VI, qiroliça Letisiya, taxt vorisi malika Leonor va Infanta Sofiya ham stadiondan turib kuzatişi kutilmoqda.
Qayd etiş joiz, sönggi oylarda Madrid va Vaşington örtasida mudofaa xarajatlari böyiça kelişmovçiliklar davom etmoqda. Sançes mudofaa uçun ajratiladigan mablağni YaIMning 5 foizigaça oşiriş zarurligini bir neça bor rad etgan bölsa, Tramp Ispaniyaning bu pozitsiyasini keskin tanqid qilib kelmoqda.
Malumot uçun, Ispaniya terma jamoasi yarim finalda Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etib, finalga yöl oldi. Endi jamoa hal qiluvçi bahsda Argentinaga qarşi maydonga tuşadi. Ispaniya 2010 yildagi çempionlikdan söng ikkinçi marta jahon çempioni böliş imkoniyatiga ega.