Xonqalik yoşlar Osiyo çempionatida tarixiy natija qayd etdi
20-07-2026, 13:57
183 марта
Xonqalik yoşlar Osiyo çempionatida tarixiy natija qayd etdiIordaniyaning Amman şahrida ötkazilgan Osiyo çempionatida Xorazm viloyati Xonqa tumani vakillari yuksak natijalarni qölga kiritdi.
Musobaqada 2006 yilda tuğilgan Rustamboyev Behruz 90 kilogramm vazn toifasida barça raqiblarini mağlub etib, Osiyo çempioni böldi va musobaqaning oltin medalini qölga kiritdi.
Şuningdek, 2007 yilda tuğilgan Sadullayev Muhammadali ham uşbu nufuzli çempionatda munosib iştirok etib, 100 kilogramm vazn toifasida kumuş medal sohibi böldi.
Xonqalik sportçilarning mazkur yutuği nafaqat tuman, balki butun Xorazm viloyati sport jamoatçiligi uçun katta iftixor hisoblanadi. Yoş sportçilarning xalqaro maydonda yurtimiz şarafini munosib himoya qilişi kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etişlariga işonç uyğotadi.
Rustamboyev Behruz va Sadullayev Muhammadalini uşbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi ğalabalar tilaymiz.