Ikki karra “Oltin töp” sohibi Kevin Kigan vafot etdi
Ikki karra “Oltin töp” sohibi, Angliya terma jamoasining sobiq futbolçisi va murabbiyi Kevin Kigan 75 yoşida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi bayonotiga tayanib, “Sky” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, joriy yilning 1 iyun kuni Kigan BBC Sport naşriga bergan intervyusida unga törtinçi bosqiç saraton taşxisi qöyilganini malum qilgan edi.
“Çuqur qayğu bilan Kevin Kigan 75 yoşida vafot etganini malum qilamiz. Angliya terma jamoasining sobiq futbolçisi va murabbiyi saraton kasalligiga qarşi kuraşdi va hayotining sönggi daqiqalarida rafiqasi hamda qizlari bağrida böldi. Oila Kevinga ğamxörlik qilgan barça şifokorlar va tibbiyot xodimlariga minnatdorçilik bildiradi”, deyiladi oila bayonotida.
Futbolçilik faoliyati davomida Kigan Angliyada “Liverpul”, “Nyukasl” va “Sautgempton”, Germaniyada “Gamburg”, Avstraliyada esa “Blektaun Siti” klublari şarafini himoya qilgan.
U “Liverpul” bilan uç marta Angliya çempioni bölgan, ikki marta Angliya Superkubogi, ikki marta UEFA Kubogi, şuningdek, bir marta Angliya Kubogi va bir marta Yevropa Kubogini qölga kiritgan. “Gamburg” safida esa Germaniya çempionligi va mamlakat Kubogida ğolib çiqqan.
Kigan 1978 va 1979 yillarda “Oltin töp” sovrinini qölga kiritib, uşbu mukofotni ikki marta yutib olgan yagona angliyalik futbolçi sifatida tarixga kirgan. 2002 yilda u Angliya futbol şon-şaraf zaliga kiritilgan.
Futbolçilik faoliyatini yakunlaganidan söng Kigan murabbiylik qildi. U “Nyukasl”, “Fulhem” va “Mançester Siti” klublari, şuningdek, Angliya milliy terma jamoasini boşqargan.