USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

UEFA prezidenti Aleksandr Çeferin JÇ finalini boykot qildi

230 марта
UEFA президенти Александр Чеферин ЖЧ финалини бойкот қилди

UEFA prezidenti Aleksandr Çeferin AQŞ terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogun bilan boğliq bahsli qarordan söng 2026 yilgi Jahon çempionati finalini boykot qildi. Bu haqda “Iriş Independent” naşrlari xabar berdi.

Jahon çempionati finali joriy yilning 19 iyul kuni AQŞning Nyu-Jersi ştati, Ist-Raterford şahridagi “MetLayf” stadionida Argentina va Ispaniya terma jamoalari örtasida bölib ötdi. Uçraşuv Ispaniyaning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Naşr malumotiga köra, FIFA vitse-prezidenti lavozimini ham egallab turgan Çeferin odatda finalda iştirok etişi kerak edi. Biroq u Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilinganidan norozi bölib, öyinga bormaslikka qaror qilgan.

Balogun Bosniya va Gertsegovinaga qarşi 1/16 final bahsida (2:0) töğridan-töğri qizil kartoçka olgan va Belgiyaga qarşi keyingi uçraşuvni ötkazib yuborişi kutilgan edi. Ammo FIFA Intizom qömitasi uning diskvalifikatsiyasini bekor qilib, futbolçiga 40 ming AQŞ dollari miqdorida jarima tayinladi.

Xabarlarga köra, mazkur qaror AQŞ Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinodan Balogunning jazosini qayta körib çiqişni şaxsan söragani va bu masala yuzasidan FIFA rahbariyati bilan bir neça bor muloqot qilganidan keyin qabul qilingan.

Natijada Balogun Belgiyaga qarşi bahsning deyarli töliq qismida maydonda harakat qildi va faqat 92-daqiqada almaştirildi.

UEFA esa mazkur qarorni keskin tanqid qilib, uni “misli körilmagan, tuşunarsiz va asossiz” deb baholadi hamda bu holat “qizil çiziqdan ötilgani”ni takidladi.

Şuningdek, Çeferin FIFA’ning boşqa qarorlaridan ham noroziligini bildirgan. Jumladan, u Jahon çempionati iştirokçilari sonining 48 ta jamoaga kengaytirilişini tanqid qilib, bu turnirda qiziqarsiz uçraşuvlar soni ortişiga olib kelişini aytgan.

Malumotlarga köra, UEFA FIFA’ning musobaqa davomida futbol qoidalariga kiritgan ayrim özgarişlaridan ham norozi. Xususan, öyinlarda suv içiş uçun tanaffuslar sabab bahslar şartli ravişda tört qismga bölinib, teletranslyatsiyalarda reklama namoyiş etilişiga imkon yaratilgani, şuningdek, Jahon çempionati finalidagi tanaffus 27 daqiqa davom etib, ruxsat etilgan 15 daqiqalik meyordan ança oşib ketgani tanqid qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq UEFA’ga azo bir neçta milliy assotsiatsiyalar bölajak saylovlarda amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarşi munosib raqobatlaşa oladigan yagona nomzodni izlayotgani va Frantsiyaning PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiyni FIFA’ga yangi rahbar sifatida saylaşni muhokama qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: