USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Entoni Teylor hakamlik faoliyatini yakunladi

68 марта
Энтони Тейлор ҳакамлик фаолиятини якунлади

FIFA sertifikatiga ega ingliz hakami Entoni Teylor 47 yoşida hakamlik faoliyatini yakunlaşga qaror qildi. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.

Uning faoliyatidagi sönggi uçraşuv 2026 yilgi Jahon çempionati 1/8 finalida Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari örtasidagi bahs böldi. Mazkur uçraşuvda bölajak çempion Ispaniya 1:0 hisobida ğalaba qozongan edi.

“Eng yuqori darajada hakamlik qiliş men uçun ulkan şaraf böldi. Biroq bu kasb doimiy bosim va qattiq etibor ostida yaşaşni talab qiladi. Endi bir qadam ortga çekinib, hayotimning yangi bosqiçini boşlaş vaqti keldi”, deydi Teylor “The Athletic” naşriga bergan intervyusida.

Şuningdek, u yordamçilari, hakamlar korpusidagi hamkasblari va futbol oilasidagi barça insonlarga körsatgan qöllab-quvvatlovi uçun minnatdorlik bildirgan. Teylor oilasi va yaqinlariga ham alohida rahmat aytib, “hakamlik faoliyati ulardan katta fidoyilik va sabr-toqat talab qilganini” takidlagan.

Malumot uçun, Entoni Teylor Angliya Premer-ligasida 16 mavsum davomida faoliyat yuritdi. U 2022 va 2026 yilgi Jahon çempionatlari, şuningdek, 2020 va 2024 yilgi Yevropa çempionati uçraşuvlarida hakamlik qildi.

Şu bilan birga, u 2024 yilgi “Borussiya Dortmund” – “Real Madrid” örtasidagi Çempionlar ligasi finali, 2017 va 2020 yilgi Angliya kubogi finallari, 2015 yilgi Liga kubogi finalida boş hakam sifatida işlagan.

Malumot uçun, faoliyati davomida Teylor jami 831 ta rasmiy uçraşuvni boşqargan.

Eslatib ötamiz, Entoni Teylor Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi Kolumbiyaga qarşi tarixiy ilk uçraşuvini boşqargandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: