Sobiq FIFA hakami Tantaşev boşqargan öyinni eng bahsli deb atadi
Sobiq FIFA hakami Aleksey Nikolayevning fikriça, 2026 yilgi Jahon çempionatida hakamlik borasida eng köp bahs-munozaralarga sabab bölgan uçraşuv özbekistonlik Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqargan Frantsiya va Paragvay örtasidagi 1/8 final bahsi bölgan. Bu haqda u TASS naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
Mazkur uçraşuv Frantsiya terma jamoasining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan. Öyin davomida Paragvay futbolçisi Matias Galarsa ikki marta frantsuz öyinçilariga nisbatan qöpol harakat qilgan, uçraşuv sönggida esa Maykl Olisega nisbatan ham qoidabuzarlik sodir etgan.
Nikolayevning takidlaşiça, hakamlik nuqtai nazaridan Frantsiya va Paragvay örtasidagi uçraşuv turnirdagi eng omadsiz bahs sifatida esda qolgan.
“Özbekistonlik hakamlar brigadasi öyinçilarning xatti-harakatlarini töliq nazorat qila olmadi va bahs malum bir paytda nazoratdan çiqib ketdi. Paragvaylik futbolçilarning harakatlari, şuningdek, Kilian Mbappe kabi frantsuz yulduzlariga nisbatan köplab qoidabuzarliklar sodir etilgani esda qoldi”, deydi Nikolayev.
Şu bilan birga, FIFA’ning sobiq hakami turnirda joriy etilgan yangi qoidalar özini oqlaganini aytib ötdi.
“Endi futbolçilar vaqtni çöziş uçun ataylab töpni uşlab turiş yoki şifokorlarni çaqiriş kabi usullardan foydalanişmaydi. Çunki hakam qoidaga muvofiq futbolçini bir daqiqaga maydon taşqarisida qoldirişi mumkin. Bu yangiliklar samara berdi va men ularning Rossiya Premer-ligasida ham qöllanilişini istardim. Rossiya Superkubogi uçraşuvi ham biz bu ğoyani qabul qilganimizni körsatdi”, deya qöşimça qildi Nikolayev.
Eslatib ötamiz, avvalroq “L’Équipe” naşri özbekistonlik hakam Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasining Frantsiya va Paragvay örtasidagi Jahon çempionatining 1/8 final uçraşuvidagi işini eng past körsatgiç bilan baholagandi.