Şakira JÇdan qança daromad olgani malum böldi
Kolumbiyalik maşhur xonanda Şakira 2026 yilgi Jahon çempionati davomida tijoriy hamkorliklar va reklama loyihalari orqali 17,5 million yevro miqdorda daromad oldi. Bu haqida “Daily Mirror” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, xonanda turnir davrida turli brendlar bilan hamkorlik, reklama kampaniyalari va homiylik şartnomalari hisobidan taxminan 17,5 million yevro işlab topgan. Jahon çempionati kabi yirik sport musobaqalari nafaqat futbolçilar, balki dunyoga maşhur sanatkorlar uçun ham katta tijoriy imkoniyatlar yaratgan. Şakira ham uşbu davrda xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilib, özining yuqori media qiymatini yana bir bor namoyon etgan.
Kolumbiyalik yulduz dastlab Jahon çempionatining oçiliş marosimida çiqiş qildi va katta şov-şuvlarga sabab böldi. Keyinçalik FIFA kolumbiyalik yulduzni turnirning final bahsidagi şousiga ham taklif qildi.
Ispaniya va Argentina terma jamoalari örtasida bölib ötgan final uçraşuvining tanaffus paytida Şakiradan taşqari kanadalik xonanda Jastin Biber, Janubiy Koreyaning BTS pop guruhi va amerikalik maşhur xonanda Madonna ham iştirok etdi.