Ançelotti Italiya terma jamoasini boşqarişdan boş tortdi
Braziliya terma jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti Italiya terma jamoasini boşqariş taklifini rad etdi. Bu haqda “Globo” naşri xabar berdi.
Avvalroq, Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini taşkilot Ançelotti va ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola bilan boğlanib, ularning Italiya terma jamoasini boşqariş imkoniyatini örganganini malum qilgan edi.
Malumotlarga köra, federatsiya Ançelottining kelgusi rejalari hamda uning şartnomasini muddatidan oldin bekor qiliş uçun tölanişi mumkin bölgan tovon puli miqdori bilan qiziqqan.
Murabbiy FIGC vakillariga taklif uçun minnatdorlik bildirgan, ammo Braziliya terma jamoasini tark etiş niyati yöqligini malum qilgan.
Joriy yilning 5 iyul kuni Braziliya terma jamoasi Jahon çempionati 1/8 finalida Norvegiyaga 2:1 hisobida mağlub bölib, sönggi 36 yil içida ilk bor çorak finalga çiqa olmadi. Turnirdan çiqib ketganiga qaramay, Ançelotti terma jamoadagi faoliyatini davom ettirişini bildirgan.
67 yoşli Karlo Ançelotti 2025 yil may oyida Braziliya terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan. Bir yil ötib, u şartnomasini 2030 yilgi Jahon çempionati yakuniga qadar uzaytirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Italiya terma jamoasini boşqariş uçun yiliga 20 million yevro maoş talab qilgani haqida xabar berilgandi.