Klopp rasman Germaniya terma jamoasi murabbiyi sifatida taniştirildi
Yurgen Klopp Germaniya milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Germaniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bernd Noyendorf matbuot anjumanida malum qildi.
Avvalroq, Germaniya terma jamoasini 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/16 finaliga olib çiqqan, ammo Paragvayga penaltilar seriyasida mağlub bölgan boş murabbiy Yulian Nagelsmann istefoga çiqqan edi.
Jurnalist Fabritsio Romano malumotiga köra, Klopp bilan tuzilgan şartnoma 2030 yil iyuliga qadar amal qiladi.
59 yoşli mutaxassis sönggi marta “Liverpul”ni boşqargan. U 2015–2024 yillar davomida jamoa bilan Çempionlar ligasi (2019), Angliya Premer-ligasi (2020), Angliya Kubogi (2022), Angliya Liga kubogi (2022 va 2024), Angliya Superkubogi (2022), UEFA Superkubogi (2019) hamda Klublar örtasidagi Jahon çempionati (2019) boş sovrinlarini qölga kiritgan.
Klopp 2019 va 2020 yillarda FIFA tomonidan “Yilning eng yaxşi murabbiyi” deb etirof etilgan. “Liverpul”ni tark etgaç, u Red Bull futbol loyihalari böyiça global rahbar sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola Italiya milliy terma jamoasini boşqariş taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.