USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ramazon Temirov Stiv Ertsegni 1-raundda nokautga uçratdi

187 марта
Рамазон Темиров Стив Эрцегни 1-раундда нокаутга учратди

Özbekistonlik aralaş yakkakuraş (MMA) jangçisi Ramazon Temirov Abu-Dabida (BAA) bölib ötgan UFC Fight Night 282 turnirida muddatdan oldingi yorqin ğalabani qölga kiritdi. U UFC kamariga sobiq davogar Stiv Ertsegni nokautga uçratdi.

Oqşomning asosiy kardidan oldingi jangda eng yengil vazn toifasi vakili UFC çempionlik kamariga sobiq davogar, avstraliyalik Stiv Ertseg bilan töqnaş keldi. Temirov jangning ilk daqiqalarini faol ötkazdi va birinçi raund yakunlanişiga 40 soniya qolganda raqibini nokautga uçratdi. Referi 4:20 soniyada jangni töxtatib, özbekistonlik sportçining muddatdan oldingi ğalabasini qayd etdi.

Şu tariqa, Temirov özining professional rekord körsatkiçini 20 ta ğalabaga yetkazdi (3 ta mağlubiyat). Bu şuningdek, uning faoliyatidagi birinçi raundda erişgan 11-nokauti böldi.

29 yoşli özbekistonlik sportçi uçun bu UFC’dagi ketma-ket uçinçi ğalaba böldi. Avvalroq, u Si Jey Vergarani muddatdan oldin mağlub etgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Çarlz Jonsonni yenggan edi.

Ertseg esa professional faoliyatidagi beşinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi – uning yangilangan statistikasi 14-5 ni taşkil etmoqda. Avstraliyalik jangçi 2024 yilning may oyida Aleşandre Pantoja bilan jangda UFC çempionlik unvoni uçun kuraşgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: