“Beşiktoş” Saloh transferini elon qilişga tayyorlanmoqda
Bugun, 27 iyul kuni Turkiyaning “Beşiktoş” klubi misrlik qanot hujumçisi Muhammad Salohning transferini rasman elon qilişi mumkin. Bu haqda turkiyalik jurnalist Atakan Kurt malum qildi.
Manbaga köra, klub allaqaçon Salohning ismi tuşirilgan formalarni tayyorlab qöygan va transfer uçun barça taşkiliy tayyorgarlik işlarini yakunlagan.
Jurnalistning takidlaşiça, transfer bugun, 27 iyul kuni rasman elon qilinişi kutilmoqda. Şundan söng, Saloh aeroportda tantanali kutib olinadi, keyin esa “Beşiktoş” stadionida şartnoma imzolaş marosimi ötkazilişi rejalaştirilgan.
Turkiya ommaviy axborot vositalari avvalroq “Beşiktoş” Muhammad Saloh transferi ustida faol iş olib borayotgani va misrlik yulduzni yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida körayotgani haqida xabar bergan edi.
Eslatib ötamiz, Muhammad Saloh bu yozda “Liverpul”ni erkin agent maqomida tark etgan.