Saloh: "Hakamlik haqida gapirmaslikni afzal köraman, hamma nima bölganini kördi"
8-07-2026, 05:58
37 марта

Saloh: "Hakamlik haqida gapirmaslikni afzal köraman, hamma nima bölganini kördi"
Misr terma jamoasi hujumçisi Muhammad Saloh JÇ-2026 1/8 finalida Argentinaga qarşi keçgan bahsdagi (2:3) hakamlikdan noroziligini bildirdi.
"Birinçi navbatda, bu Allohning irodasi edi. Bu öyin va uning natijasi taqdirga yozilgan edi. Biz alo darajada birinçi bölimni ötkazdik va ikkinçi bölimning katta qismida ham yaxşi körindik. Biz bir neçta kiçik xatolarga yöl qöydik, hakamlikka kelsak, bu borada izoh berişdan tiyilişni afzal köraman. Hamma nima bölganini kördi. Bundan ortiq qöşadigan gapim yöq.
Bizning golimizni bekor qilişdi, şuningdek, darvozamizga penalti belgilanmadi. Şundan söng darhol raqib qarşi hujumga ötib, gol urdi. Murabbiy bizni turnirdagi iştirokimiz bilan tabrikladi. U yanada oldinroqqa borişimizni istagandi, lekin bu Allohning irodasi. Biz uşbu turnirda erişgan yutuqlarimiz asosida kelajakni quramiz va Xudo xohlasa, oldinda bizni yanada muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda.
Biz amaldagi jahon çempionlariga qarşi öynadik va bizni juda oğir uçraşuv kutayotganini bilardik. Biz raqibga alo darajada tayyorgarlik körgan edik va bu öyinning dastlabki daqiqalaridanoq sezilib turdi. Ammo yakunda Alloh bizga aynan şunday taqdirni ravo kördi", – dedi Saloh.