Öyindan söng "Xorazm" jamoasi boş murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida iştirok etdi.
5-12-2025, 21:31
429 марта
Öyindan söng "Xorazm" jamoasi boş murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida iştirok etdi.- Öyin haqida fikrlaringiz...
- Öyin haqida nima deyişim mumkin, töğrisini aytsam, jiddiy tayyorgarlik körgandik. Raqibga nisbatan yaxşi harakat qildik, hisobda oldinga çiqib oldik, faqat penaltilar seriyasida yutqazib qöyganimiz alam qildi.
Men 30 tur hakamlar haqida gapirmadim, faqat jim yurdim. Tuşunaman, mezbon jamoalarga qandaydir simpatiya böladi. Lekin bugungi bahsda qoida buzilganini VAR umuman körmadi. Aytadigan gapim ham qolmadi.
Nimaga darvozabonimiz seyv qilganini inobatga olişmadi, hayronman. Penaltilar seriyasida 4:3 hisobida yutgan bölardik. Umuman olganda, "Xorazm" bu mavsum 15 yil deganda Superligada öynadi, viloyatda katta işlar qilindi. Jamoamizning tuşib ketişi juda açinarli böladi.
Bizning uyaladigan joyimiz yöq. Öyinimiz ham çakki emas. Bugun hakamlarning xatosini deb yutqazdik. Hozir klubimiz boş direktori raddiya yozadi. Biz penaltilar seriyasida ğolib bölgandik, lekin nima uçun hakamlar vaziyatga aralaşdi? Nega penalti boşqattan tepildi? Men faoliyatimda birinçi bor şunaqa holatga duç kelişim.