Kannavaro Özbekistonning mağlubiyatiga izoh berdi
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon çempionati guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvdagi mağlubiyatga himoyadagi xatolar sabab bölganini aytdi. Bu haqda Kannavaro öyindan keyingi matbuot anjumanida söz oçdi.
“Birinçi bölimda juda köp energiya sarfladik. Şu kungaça jismoniy tayyorgarligimiz yaxşi darajada edi va bugun ham şu tomonlama yaxşi harakat qildik. Raqibimiz ham jismonan yaxşi tayyorlangan jamoa ekanini bilardik. Uçraşuv oldidan töpni nazorat qilmasak, qiyin bölişini yaxşi tuşungan edik. Ikkinçi bölimda esa xatolarga yöl qöydik va şu sababli gollar ötkazib yubordik”, deydi Kannavaro.
Murabbiyning takidlaşiça, Özbekiston birinçi bölimni juda yaxşi ötkazgan va bir neçta golli vaziyatlar yaratgan.
“Birinçi taymni juda yaxşi boşladik, köplab imkoniyatlarga ega böldik. Ammo ikkinçi bölimda xatolar qila boşladik va bu bizga qimmatga tuşdi”, deydi u.
Italiyalik mutaxassis uşbu musobaqa jamoa uçun katta tajriba bölganini ham qayd etdi.
“Bu musobaqa men uçun ham, futbolçilar uçun ham katta tajriba böldi. Öylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi”, deydi boş murabbiy.
Şuningdek, Kannavaro futbolçilar bilan doimiy muloqotda bölganini va guruh bosqiçida kuçli raqiblarga qarşi maydonga tuşişlarini oldindan bilganini takidladi.
“Albatta, futbolçilar bilan juda köp muloqot qildim. Guruhimizda kuçli jamoalarga qarşi öynaşimizni bilardik. Lekin uşbu natijadan afsusdamiz. Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolçilardan umuman şikoyat qilmoqçi emasman. Ular qölidan kelgan barça işni qildi va men ulardan faxrlanaman”, deydi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionati 3-turida Kongo Demokratik Respublikasiga 3:1 hisobida mağlubiyatga uçradi.