USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pirlo Italiya terma jamoasi boş murabbiyligi uçun nomzodlar qatoridan çiqdi

72 марта
Пирло Италия терма жамоаси бош мураббийлиги учун номзодлар қаторидан чиқди

Andrea Pirlo endi Italiya milliy terma jamoasining boş murabbiyi lavozimiga nomzod emasligini malum qildi. Bu haqda u özining Instagram sahifasida elon qildi.

“Keça keçqurun menga, endi Italiya terma jamoasi boş murabbiyligi uçun nomzod emasligimni malum qilişdi”, deb yozdi Pirlo.

Avvalroq, Pirloning Italiya terma jamoasiga tayinlanişi Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligi tufayli siyosiy bahslarga sabab bölgani xabar qilingan edi. Bir qator italiyalik deputatlar aynan şu hamkorlik sabab uning nomzodiga qarşi çiqqan.

47 yoşli Pirlo 2025 yildan buyon BAAning “Dubai United” klubini boşqarib kelmoqda. U öz faoliyati davomida Turkiyaning “Fotih Karagumruk”, Italiyaning “Yuventus” va “Sampdoriya” klublariga ham ustozlik qilgan.

Uning boşqaruvi ostida “Yuventus” 2020 yil Italiya Superkubogini va 2021 yil Italiya kubogini qölga kiritgan.

Futbolçilik faoliyatida Pirlo “Breşia”, “Inter”, “Redjina”, “Milan”, “Yuventus” va AQŞning “Nyu-York Siti” klublari şarafini himoya qilgan.

U olti karra Italiya çempioni, ikki karra Italiya kubogi sohibi, uç karra Italiya Superkubogi ğolibi, ikki karra Çempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sohibi, şuningdek, Klublar örtasidagi Jahon çempionati ğolibi hisoblanadi.

Italiya milliy terma jamoasi safida Pirlo 2006 yilgi Jahon çempionatida oltin, 2012 yilgi Yevropa çempionatida kumuş va 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida bronza medalini qölga kiritgan.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: