Maldini Pirlo bilan boğliq janjal sabab istefoga çiqişi mumkin
Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini, agar taşkilot Andrea Pirloni milliy terma jamoaning boş murabbiyi etib tayinlaşga tösqinlik qilsa, istefoga çiqiş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Maldini FIGC’dagi lavozimni yangi boş murabbiyni mustaqil tanlaş huquqi saqlab qolinişi şarti bilan qabul qilgan. Agar federatsiya rahbariyati Pirlo nomzodini rad etsa, u buni öz vakolatlarining çeklanişi sifatida baholaşi va lavozimini tark etişi mumkin.
Avvalroq Maldini Antonio Konte va Roberto Mançinilarning nomzodlarini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Takidlanişiça, u Kontening tez-tez klub almaştirişidan norozi bölgan, Mançinining esa 2023 yilda Italiya terma jamoasini tark etganidan keyingi faoliyatini yetarliça işonçli deb hisoblamagan.
Xosep Gvardiola bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan söng, Maldini va federatsiya maslahatçisi Leonardo 47 yoşli Andrea Pirlo nomzodida töxtaşgan. Ular Pirloning zamonaviy futbol kontseptsiyasiga mos kelişiga işongan.
Biroq Pirloning Rossiya bukmekerlik kompaniyasining global elçisi sifatidagi faoliyati bahs-munozaralarga sabab bölib, uning tayinlaniş jarayonini murakkablaştirdi.
Pirlo bu masala yuzasidan bayonot berib, siyosatga aloqador emasligini takidlagan. Şunga qaramay, Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Jovanni Malago uning tayinlanişi böyiça jarayonni vaqtinça töxtatib qöydi.