Kriştianu Ronaldu Britaniya futboli haqida serialda rol öynaydi – OAV
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Britaniya futboli haqidagi serialda ijroçi prodyuser sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, suratga oliş işlari allaqaçon boşlangan. Syujet Demian Lyuis ijro etadigan xayoliy futbol agenti atrofida keçadi. Loyihada Ronalduning özi, şuningdek, “Arsenal” va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumçisi Terri Anri ham rol ijro etadi.
Serial drama va komediya elementlarini özida mujassam etgan böladi. Uni Ronaldu rejissyor va prodyuser Mettyu Von bilan hamkorlikda taşkil etgan UR•Marv Studios studiyasi işlab çiqmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik aktyor va prodyuser Vin Dizel beş karra “Oltin töp” sohibi, portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronalduga “Forsaj” film franşizasida rol yozilganini malum qilgandi.