Ronaldu Yevro-2028 da iştirok etmoqçi
Portugaliya terma jamoasi yulduzi Kriştianu Ronaldu hozirda 41 yoşdagi bölişiga qaramay, Yevro-2028 musobaqasida iştirok etmoqçi. Bu haqda portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza malum qildi.
“Afsuski, Ronaldu Yevro-2028 ga boradi. Yangi boş murabbiy Jorje Jezuş u bilan “Al-Nasr”da birga işlagan. Menimça, u Ronalduni terma jamoaga çaqirişi mumkin. Ammo u asosiy tarkib futbolçisi bölmasligi ham ehtimol”, deydi Barboza.
Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/8 finalida Ispaniyaga 1:0 hisobida mağlub bölib, musobaqani tark etgan edi.
Beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu mazkur uçraşuv oldidan bu Jahon çempionati uning faoliyatidagi sönggisi bölişini malum qilgandi. Şu tariqa, afsonaviy hujumçi faoliyati davomida Jahon çempionligini qölga kirita olmadi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Jahon çempionatidagi eng yaxşi natijasini 2006 yilda qayd etgan bölib, öşanda jamoa törtinçi örinni egallagan edi.