Şomurodovning sobiq ustozi Italiyada Maldinini örnini egalladi
Tajribali italiyalik mutaxassis, Eldor Şomurodovning sobiq ustozi Klaudio Raneri Italiya futbol federatsiyasi (IFF) texnik direktori lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.
Joriy yilning 27 iyul kuni Paolo Maldini uşbu lavozimni tark etgan edi. Şuningdek, Leonardo ham FIGC texnik direktori maslahatçisi vazifasidan istefoga çiqqan.
Malumotlarga köra, Maldini va Leonardo 2006 yilgi jahon çempioni Andrea Pirloni Italiya terma jamoasiga boş murabbiy etib tayinlaş tarafdori bölgan. Biroq, Pirloning Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligi Italiyada siyosiy bahslarga sabab bölgan. Bir qator italiyalik deputatlar aynan şu iş sababli uning nomzodiga qarşi çiqqan.
74 yoşli Klaudio Raneri 2024-2025 yilgi mavsumda “Roma”ni boşqarib, mavsum yakunida lavozimini tark etgan. U bundan avval ham 2009-2011 yillarda va 2019 yilda Rim klubini boşqargan.
Raneri faoliyati davomida “Napoli”, “Fiorentina”, “Yuventus”, “Inter”, “Parma”, “Sampdoriya”, Ispaniyaning “Valensiya” va “Atletiko”, Angliyaning “Çelsi”, “Fulhem”, “Uotford” hamda 2016 yilda Angliya Premer-ligasida sensatsion çempionlikka erişgan “Lester Siti”, şuningdek, Frantsiyaning “Monako” va “Nant” klublari hamda Gretsiya milliy terma jamoasini boşqargan.
Xabarlarga köra, joriy yilning iyun oyida Raneriga Italiya terma jamoasi boş murabbiyligi taklif etilgan, biroq u bu taklifni rad etgan. Şundan söng, tajribali mutaxassis “Roma” klubida boşqaruv azosi sifatida faoliyatini davom ettirişini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq IFF prezidenti Jovanni Malago Roberto Mançini Italiya milliy terma jamoasining yangi boş murabbiyi bölişini malum qildi.