Peru jamoasi 1000 ta homiyni klub formasiga siğdirdi
Peruning “Deportivo Munisipal” klubi moliyaviy muammolarni yengiş maqsadida 1000 ta homiy bilan şartnoma imzoladi va ularni klub formasiga siğdirdi. Bu haqda “Lions Daily News” naşri xabar berdi.
Klub erkaklar jamoasining uçinçi diviziondagi iştiroki, ayollar jamoasining ikkinçi diviziondagi faoliyati hamda futbol akademiyasini rivojlantiriş uçun mablağ yiğiş maqsadida yangi reklama loyihasini işga tuşirdi.
Taşabbusga köra, futbolkaning odatdagi yirik reklama joylari örniga uning yuzasi 1000 ta kiçik reklama maydoniga bölindi. Uşbu joylarni mahalliy kompaniyalar, kiçik tadbirkorlar va hatto oddiy muxlislar ham sotib oliş imkoniga ega böldi. Reklama joylarining narxi 25 yevrodan 150 yevrogaça belgilandi.
Evaziga homiylar klubning ijtimoiy tarmoqlarida reklama qiliş, çiptalar va rasmiy mahsulotlarga çegirmalardan foydalaniş, şuningdek, öz biznesini futbolçilar orqali tarğib qiliş imkoniyatini qölga kiritdi.
Natijada klub qisqa vaqt içida 1000 nafar homiyni jalb qildi. Barça reklama joylari 3 oy davomida töliq sotildi. Yiğilgan mablağ esa klubning bir yillik xarajatlarini töliq qoplaşga yetarli böldi.
Loyiha McCann Lima agentligi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan bölib, 2026 yil yozida reklama va kreativ marketing sohasidagi dunyodagi eng nufuzli tanlovlardan biri – Cannes Lions 2026 festivalida boş sovrinni qölga kiritdi.