USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

UEFA’ning barça jamoalari FIFA turnirlarini boykot qilişini elon qildi

123 марта
UEFA’нинг барча жамоалари FIFA турнирларини бойкот қилишини эълон қилди

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA)ga azo milliy assotsiatsiyalar Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning bahsli rejalariga qarşi çiqib, uşbu taşabbus bekor qilinmagunça taşkilotning barça musobaqalarini boykot qilişini elon qildi. Bu haqda UEFA rasmiy sahifasida xabar berdi.

Avvalroq, FIFA Jahon çempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Malumotlarga köra, loyiha taşabbuskorlari AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati vakillari bilan maslahatlaşgan. Yangi kompaniya ayollar örtasidagi Jahon çempionati hamda klublar örtasidagi Jahon çempionatini ham boşqarişi mumkin.

UEFA esa bu taşabbusga darhol qarşi çiqqan. Endi esa taşkilotga azo bölgan barça 55 milliy assotsiatsiya imzolagan qöşma bayonot elon qilindi. Ular qatorida Qozoğiston futbol federatsiyasi ham bor.

“Biz FIFA’ning Jahon çempionati va boşqa FIFA musobaqalariga egalik huquqini xususiy investorlarga ötkaziş taklifini bir ovozdan va qatiy ravişda rad etamiz.
Jahon çempionatini investitsiya mahsuloti sifatida körib bölmaydi. Bu futbolning eng buyuk sport meroslaridan biri bölib, uni avlodlar davomida barça qitalardan kelgan futbolçilar, terma jamoalar va muxlislar yaratgan. Uning biror qismi ham xususiy investorlarga berilişi mumkin emas. Jahon çempionati sotilmaydi”, deyiladi bayonotda.

UEFA, şuningdek, bunday muhim taşabbusning futbolni boşqariş uçun masul tomonlar bilan yetarliça maslahatlaşmasdan va maxfiy tarzda tayyorlanganini keskin tanqid qildi.

“Bu şunçaki boşqaruvdagi jiddiy xato emas, balki FIFA’ning jahon futboli homiysi sifatidagi masuliyatidan voz keçişidir“, deya takidladi UEFA.

Bayonotda qayd etilişiça, milliy futbol assotsiatsiyalari amalda tanlovsiz qolmoqda: yo taklifni qabul qiliş, yoki salbiy oqibatlarga duç keliş. UEFA bu holatni demokratik tamoyillarga zid bölgan “qörqitiş siyosati” deb baholadi.

Taşkilotning fikriça, agar taşqi investorlar FIFA musobaqalarida mulk uluşiga ega bölsa, jahon futboli tubdan özgaradi.
UEFA bunday boşqaruv modeli jahon futbolida örin olmasligi kerakligini takidladi.

“Futbol kelajagini asosiy maqsadi moliyaviy foydani oşiriş bölgan investorlar belgilamasligi lozim. Milliy assotsiatsiyalar, ligalar, klublar, futbolçilar va muxlislar manfaatlari ham moliyaviy foydaga böysundirilmasligi kerak. Futbol öz kelajagini moliyaviy manfaat evaziga garovga qöymasligi lozim”, deyiladi bayonotda.

UEFA Yevropa pozitsiyasi aniq ekanini takidlab, bahsli islohot töliq bekor qilinmagunça va bunday ğoya qayta körib çiqilmasligiga kafolat berilmagunça FIFA musobaqalarini boykot qilişga tayyorligini malum qildi.

“Heç kimda şubha bölmasligi kerak: UEFA va uning milliy assotsiatsiyalari bu rejalarga qatiy qarşi. Bazida taşkilotlar ular qabul qiladigan qarorlar bilan emas, balki qanday murosalardan voz keçişi bilan baholanadi. Bu aynan şunday holat.
Ayrim qadriyatlar sotilmaydi. FIFA Jahon çempionati butun futbol jamoatçiligiga tegişli. U doimo şunday bölib qoladi. Yevropa öz sözini ayta olar ekan, u heç qaçon sotilmaydi”, deya xulosa qildi UEFA.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa futboli rahbarlari Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiyni 2027 yilda bölib ötadigan FIFA prezidentligi saylovida nomzod sifatida körib çiqayotgani haqida xabar berilgan edi. Amaldagi prezident Janni Infantino esa yana tört yillik muddatga saylanişni rejalaştirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: