Italiya terma jamoasi va “Milan” afsonasi vafot etdi
Bugun, 31 iyul kuni “Milan” va Italiya terma jamoasining afsonaviy himoyaçisi Franko Barezi 66 yoşida vafot etdi. Bu haqda “Milan” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida Barezi oğir kasallik bilan kuraşayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. joriy yilning 29 iyul kuni esa bir qator Italiya naşrlari uning vafoti haqida yozgan, biroq öşanda “Milan” matbuot xizmati bu malumotlarni rad etib, Barezi “oğir davrni boşdan keçirayotgani”ni bildirgan edi.
Franko Barezi butun faoliyatini “Milan” safida ötkazgan. U 1978-1997 yillar davomida klub şarafini himoya qilib, olti marta Italiya çempionligi, tört marta Italiya Superkubogi, uç marta Çempionlar ligasi va bir marta UEFA Superkubogida ğolib çiqqan.
Malumot uçun, Barezi Italiya terma jamoasi safida 81 ta uçraşuvda maydonga tuşgan. U 1982 yilgi Jahon çempionati ğolibi bölgan, şuningdek, 1994 yilgi Jahon çempionatida kumuş va 1990 yilgi Jahon çempionatida bronza medalini qölga kiritgan.