“Bunyodkor”ga byudjetdan 5 milliard söm ajratildi
Toşkentning oğir moliyaviy inqirozga kirib qolgan futbol klubi “Bunyodkor”ga davlat tomonidan 5 milliard söm mablağ ajratildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ–107-sonli “Sport sohasini moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş va sohaga tadbirkorlik subektlarini jalb qilişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida “Bunyodkor” futbol klubiga 5 milliard söm ajratilgan.
Klub rahbariyati uşbu amaliy yordam uçun mamlakat rahbariyati va hukumat rasmiylariga minnatdorlik bildirgan.
Şuningdek, “Bunyodkor” jamoasi Superliganing navbatdagi uçraşuvlariga reja asosida tayyorgarlikni davom ettirayotgani takidlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Bunyodkor” moliyaviy qiyinçiliklar sabab Superliganing navbatdagi safar uçraşuviga bora olmasligini malum qilgan edi. Natijada jamoaga “Qizilqum”ga qarşi öyin uçun texnik mağlubiyat yoziladi.