UEFA Infantinoni ağdariş uçun iş boşladi
UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan işonçsizlik bildiriş taşabbusi bilan uni lavozimidan çetlatmoqçi. Bu haqda “The Telegraph” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, UEFA’ga azo bölgan barça 55 milliy assotsiatsiya, agar Infantino öz ixtiyori bilan istefoga çiqmasa, uni işonçsizlik votumi orqali lavozimidan çetlatiş taşabbusini qöllab-quvvatlaşga tayyor. Qayd etilişiça, bunday ovoz beriş jarayonini boşlaş uçun UEFA’ning kamida 43 azosining roziligi yetarli hisoblanadi.
Şuningdek, naşrning yozişiça, UEFA Infantinoni obrösizlantiriş böyiça alohida rejani ham muhokama qilmoqda.
Malumotlarga köra, FIFA’ning sobiq prezidenti Zepp Blatter bilan boğliq korruptsiya mojarolari davrida Infantino UEFA’ni FIFA’dan ajratib çiqiş va muqobil xalqaro futbol taşkilotini tuziş ğoyasini yaşirinça işlab çiqqan.
Ayni vaqtda esa UEFA xuddi şunday yondaşuvni Infantinoning öziga nisbatan qöllaş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janni Infantinoning örniga muqobil variant sifatida körilayotgan “Pari Sen-Jermen” klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi FIFA prezidentligi uçun öz nomzodini qöyiş niyatida emasligini malum qilgandi.