OFKning ayrim azolari FIFA’ni qöllab-quvvatlamoqda
Osiyo futbol konfederatsiyasiga azo qator mamlakatlar Infantinoni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Bu haqda “The Athletic” naşri jurnalisti Adam Kraftonning malum qildi.
Xususan, Qatar va Birlaşgan Arab Amirliklari bu borada yetakçilik qilmoqda. Şuningdek, Butan, Şri-Lanka, Livan va Quvayt futbol federatsiyalari ham FIFA prezidenti bilan birdam ekanini malum qilgan.
Şu bilan birga, hozirça öz rasmiy pozitsiyasini elon qilmagan Saudiya Arabistonining qarori hal qiluvçi ahamiyatga ega bölişi mumkinligi takidlanmoqda.
Hozirça Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) FIFA prezidenti Janni Infantino atrofidagi vaziyat yuzasidan rasmiy pozitsiyasini elon qilmagan. Şuningdek, xalqaro naşrlarda ham Özbekistonning bu masaladagi munosabati yoki ehtimoliy qarori haqida heç qanday malumot uçramaydi.
Eslatib ötamiz, Janni Infantinoning Jahon çempionatining tijorat aktivlarini xususiy investorga sotiş rejasi muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, unga nisbatan norozilik yanada kuçaydi.
FIFA Jahon çempionati kabi yirik musobaqalarning tijoriy huquqlarini boşqaruvçi taşkilotning taxminan 20 foiz uluşini sotiş orqali xususiy investorlardan 4,2 milliard dollargaça mablağ jalb qilişni rejalaştirgan edi. Biroq, futbol konfederatsiyalari va boşqa manfaatdor tomonlarning keskin qarşiligi tufayli uşbu taşabbus amalga oşmay qoldi.