Uels futbol assotsiatsiyasi Infantinoni qöllab-quvvatlaşdan voz keçdi
Uels futbol assotsiatsiyasi bölajak FIFA prezidentligi saylovlarida amaldagi rahbar Janni Infantino nomzodini qöllab-quvvatlamasligini malum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, Uels futbol assotsiatsiyasi Infantinoga nisbatan qöllab-quvvatlovini oçiqçasiga qaytarib olgan birinçi milliy futbol taşkilotiga aylandi.
Avvalroq, Infantino FIFA’ning tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotiş taşabbusi bilan çiqqan edi. Loyihaga köra, FIFA’ning erkaklar va ayollar örtasidagi eng yirik musobaqalarining media va tijorat huquqlarini boşqaradigan alohida kompaniya taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Infantinoning fikriça, FIFA Forward Enterprise kompaniyasining taşkil etilişi azo assotsiatsiyalar daromadini oşirib, butun dunyoda futbol rivojiga xizmat qilişi kerak edi. FIFA uşbu taşabbus orqali 4,2 milliard dollar jalb qiliş mumkinligini malum qilgan.
Biroq uşbu reja qator futbol taşkilotlari va federatsiyalarning keskin tanqidiga uçradi. Jurnalist Romen Molinaning malum qilişiça, Infantino taşkilot içida ham qöllab-quvvatlovini yöqotayotgani sababli uning yaqin orada istefoga çiqişi mumkin.
Infantinoning taşabbusi UEFA, KONKAKAF, OFK va CONMEBOL tomonidan rad etildi. UEFA hatto uşbu reja amalga oşirilsa, FIFA homiyligidagi musobaqalarni boykot qilişini malum qilgan edi. Keyinçalik Infantino loyiha töxtatilganini elon qilgan bölsa-da, UEFA FIFA rahbariga nisbatan işonçini yöqotganini bildirdi.
“The Telegraph” naşrining yozişiça, agar Infantino öz ixtiyori bilan lavozimini tark etişdan boş tortsa, UEFA unga nisbatan işonçsizlik votumi elon qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Malumot uçun, UEFA’ning 55 azosidan 52 tasi dastlab Infantino nomzodini qöllab-quvvatlagan edi. Faqat Germaniya, Ruminiya va Norvegiya bu taşabbusga qöşilmagan. 56 yoşli Janni Infantino 2016 yil fevral oyida bölib ötgan FIFAning navbatdan taşqari kongressida prezident etib saylangan. Keyinçalik u yana ikki marta raqobatsiz ravişda qayta saylangan. Navbatdagi FIFA prezidentligi saylovi 2027 yil mart oyida bölib ötadi.