“Arsenal” Vinisiusni sotib olişga işonadi – OAV
Londonning “Arsenal” klubi kiyiniş xonasida (klubning içki muhitida) jamoaning “Real Madrid” vingeri Vinisius Junior bilan şartnoma imzolaşi mumkinligiga işonçi yuqori. Bu haqda AS naşri xabar berdi.
Manbaga köra, “Arsenal” sport direktori Andrea Berta jamoadagi köplab insonlarga, jumladan, futbolçilarga ham ehtimoliy transferning amalga oşişiga işonayotganini bildirgan. Boş murabbiy Mikel Arteta esa Vinisiusga öz loyihasida unga qanday örin ajratişini tuşuntirgan. Aytilişiça, agar braziliyalik futbolçi “Real Madrid”ni tark etişga qaror qilsa, “Arsenal”ni munosib variantlardan biri deb hisoblaydi. Madrid klubi ham londonliklarning Vinisiusga bölgan jiddiy qiziqişidan xabardor.
Qayd etilişiça, “Real Madrid” rahbariyati Vinisius bilan şartnomani faqat öz şartlari asosida uzaytirişga tayyor. Klub futbolçiga heç bir öyinçi jamoa manfaatlaridan ustun tura olmasligi haqida aniq pozitsiyasini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” Vinisiusga “uning jamoa va loyiha uçun ahamiyatini aks ettiruvçi” yaxşilangan şartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.