«Xorazm» PFK tarkibi yana ikki futbolçi bilan töldirildi
6-08-2026, 17:56
149 марта
«Xorazm» PFK tarkibi yana ikki futbolçi bilan töldirildi«Xorazm» professional futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuçaytiriş işlarini davom ettirmoqda. Klub matbuot xizmati malum qilişiça, jamoa darvozabon Umidjon Ergaşev hamda yarim himoyaçi Nurjahon Muzaffarov bilan şartnoma imzoladi.
20 mart 1999 yilda tuğilgan 27 yoşli darvozabon Umidjon Ergaşev «OKMK» futbol klubidan ijara asosida «Xorazm» safiga qöşildi. Tajribali posbon yangi mavsumda jamoaning darvoza çiziğida raqobatni yanada kuçaytirişi kutilmoqda.
Şuningdek, «Xorazm» safini 28 may 2001 yilda tuğilgan yarim himoyaçi Nurjahon Muzaffarov ham töldirdi. U klubga «Maşal» jamoasidan kelib qöşildi va yangi jamoasida 6-raqam ostida harakat qiladi.
Klub rahbariyatimazkur transferlar orqali jamoaning raqobatbardoşligini oşiriş hamda mavsum oldiga qöyilgan maqsadlarga erişişni közlamoqda.
Manba: «Xorazm» PFK matbuot xizmati.