Norvegiya FA rahbari Infantinoni istefoga çaqirdi
Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Lise Klaveness FIFA prezidenti Janni Infantinoni öz lavozimini tark etişga çaqirdi. Bu haqda Klaveness NRK naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Biz undan istefoga çiqişni söraymiz. U bu qarorni darhol qabul qilişi kerak. Orqaga yöl yöq”, deydi Klaveness.
Avvalroq, Janni Infantino Jahon çempionatiga oid ayrim tijorat huquqlarini xususiy investorlarga sotişni nazarda tutuvçi FIFA Forward Enterprise loyihasini ilgari surgan edi. Biroq futbol jamoatçiligi tomonidan keskin tanqidlardan söng u uşbu taşabbusdan voz keçdi.
Şundan keyin Marokaşda Infantino va FIFA rahbariyati iştirokida favqulodda yiğiliş ötkazildi. Taşkilot, şuningdek, yöl qöyilgan xatolar uçun öz azolaridan rasman uzr söradi.
Loyihaga köra, FIFA erkaklar va ayollar örtasidagi asosiy musobaqalarning tijorat va media huquqlarini boşqaradigan alohida kompaniya taşkil etmoqçi edi. Infantinoning fikriça, bu taşabbus FIFA’ga azo assotsiatsiyalar daromadini oşiriş va jahon futboli rivojiga hissa qöşişi kerak edi. FIFA uşbu sxema orqali 4,2 milliard dollar jalb qilinişi mumkinligini malum qilgan.
Biroq taşabbus futbol mutasaddilari, milliy federatsiyalar va qator taşkilotlar tomonidan qattiq tanqid qilindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq, FIFA’ning sobiq prezidenti Zepp Blatter Lise Klavenessni FIFA prezidentligiga munosib nomzod sifatida körsatişni taklif qilgan edi.