Tarixda ilk bor FIFA’ni ayol kişi boşqarişi mumkin
FIFA’ning sobiq prezidenti Zepp Blatter taşkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino örniga Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Lize Klaveness nomzodini taklif qildi. Bu haqda Blatter özining X ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.
“Klaveness eng yuksak hurmatga munosib inson. U doimo aniq pozitsiyani egallagan va köpçilikka ergaşmagan yagona şaxs böldi. FIFA’ga ayol kişi rahbarlik qiladigan vaqt keldi”, deb yozdi Blatter.
Lize Klaveness faoliyati davomida Norvegiya ayollar milliy terma jamoasi safida töp surgan. Agar u FIFA’ga prezident etib saylansa, taşkilot tarixida uşbu lavozimni egallagan ilk ayolga aylanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janni Infantino 2027 yil 18 mart kuni bölib ötadigan FIFA prezidentligi saylovida öz lavozimini saqlab qoliş maqsadida AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyatidan siyosiy kömak söragani haqida xabarlar tarqalgan edi.