UEFA, OFK va CONCACAF FIFA’siz JÇni ötkaziş ğoyasini muhokama qilmoqda
Agar FIFA prezidenti Janni Infantino lavozimida qolsa, UEFA, OFK va CONCACAF muqobil xalqaro turnirlarni taşkil etişi mumkin. Bu haqda “The Times” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, uç konfederatsiya rahbarlari Infantinoga nisbatan işonçni yöqotgan va uning 2027 yil mart oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovida törtinçi muddatga nomzodini qöyişiga qarşi bir qator strategiyalarni işlab çiqqan.
Xabarda aytilişiça, agar Infantino öz lavozimida qolsa, UEFA, OFK va CONCACAF FIFA’dan mustaqil ravişda muqobil musobaqalar ötkazişga tayyor. Şuningdek, ular FIFA Kengaşi yiğilişlarini boykot qilişi va taşkilot qarorlarini tasdiqlaşdan boş tortişi ham mumkin.
Eslatib ötamiz, Infantino avvalroq Jahon çempionati tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotiş ğoyasini ilgari surgan edi.
Infantino uşbu taşabbus azo assotsiatsiyalar daromadini oşirişi va jahon futboli rivojiga xizmat qilişini takidlagan. FIFA’ning hisob-kitobiga köra, loyiha 4,2 milliard dollar mablağ jalb qilişi mumkin edi. Biroq, uşbu taşabbus turli federatsiyalar va futbol taşkilotlari tomonidan keskin tanqid qilindi.
Şuningdek, jurnalist Romen Molina Infantinoga taşkilot içidagi qöllab-quvvatlov pasaygani va u yaqin vaqt içida istefoga çiqişi mumkinligini malum qilgan.
Malumot uçun, 56 yoşli Janni Infantino 2016 yil fevral oyida bölib ötgan FIFA’ning navbatdan taşqari kongressida prezident etib saylangan. U keyinçalik yana ikki marta raqobatsiz qayta saylangan. FIFA prezidentligi uçun navbatdagi saylov 2027 yilning mart oyida ötkazilişi rejalaştirilgan.