USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA faoliyatini tekşirmoqçi

70 марта
UEFA, ОФК ва КОНКАКАФ FIFA фаолиятини текширмоқчи

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA), Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) va Şimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon çempionati huquqlarining bir qismini sotiş taklifidan söng taşkilot faoliyatini mustaqil tekşirişga çaqirdi. Bu haqda “Reuters” naşri xabar berdi.

Uç konfederatsiya futbol jamoatçiligiga oçiq maktub yöllab, FIFA’dagi sönggi voqealar yuzasidan xavotir bildirgan.

“Hurmatli futbol oilasi! Futbol dunyodagi eng buyuk umumiy ehtirosdir. U biror şaxs yoki taşkilotga tegişli emas. U futbolçilar, muxlislar, klublar, azo assotsiatsiyalar va kelajagi işonib topşirilgan har bir muassasaga tegişli”,  deyiladi maktubda.

Konfederatsiyalar sönggi ön yillikdagi taraqqiyot FIFA, konfederatsiyalar, azo assotsiatsiyalar va futbol rivojiga hissa qöşgan minglab insonlarning umumiy mehnati natijasi ekanini takidladi.

“Gap pulda emas. Konfederatsiyalar allaqaçon FIFA’ning ulkan zaxiralaridan masuliyatli foydalanişga va azo assotsiatsiyalarni rivojlantirişga investitsiyalarni yanada kuçaytirişga çaqirgan. Gap musobaqalarni kengaytiriş, Jahon çempionati mablağlarini taqsimlaş yoki boşqa jamoaviy qarorlarni qayta körib çiqiş haqida emas. Bu qarorlar birgalikda qabul qilingan va ular öz kuçida qolişi kerak. Gap yanada fundamental narsa – futbolning yaxlitligi va uni boşqariş uçun saylanganlarning halolligi haqida”,  deyiladi murojaatda.

Konfederatsiyalar FIFA’ning yaqinda vitse-prezidentlari va 211 ta azo assotsiatsiyaga yuborgan xatida jarayonda xatolarga yöl qöyilgani tan olinganini qayd etdi. FIFA bu holatni kommunikatsiyadagi uziliş va futbol manfaatlarini notöğri baholaş bilan izohlagan.

Biroq UEFA, OFK va KONKAKAFning fikriça, Jahon çempionati huquqlarining bir qismini sotiş taklifining özi jiddiy xatoga yöl qöyilganini anglatadi. Ular buni oddiy protseduradagi xato emas, balki FIFA xizmat qilişi kerak bölgan institutlarga bölgan işonçning jiddiy buzilişi, deb baholadi.

Konfederatsiyalar bunday holat yuzasidan tekşiruvni FIFA’ning özi, uning xodimlari yoki futbol manfaatdor tomonlari emas, balki töliq mustaqil uçinçi tomon ötkazişi kerakligini takidladi.

Şuningdek, maktubda Marokaşda ötkazilgan rahbariyat yiğilişida faqat bitta saylangan vakil iştirok etgani, FIFA Kengaşi yoki azo assotsiatsiyalar vakillari esa yiğilişga taklif qilinmagani tanqid qilindi.

“Masuliyat bölişi kerak bölgan joyda sukut hukmronlik qilmoqda, oçiqlik bölişi kerak bölgan joyda esa masofa bor. Bu futbol öz rahbariyatidan kutadigan fazilatlar emas”,  deyiladi murojaatda.

Konfederatsiyalar futbol rahbariyatini futbolga buyruq beriş emas, unga xizmat qilişga çaqirdi.

Maktubni UEFA prezidenti Aleksandr Çeferin, KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani, OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim Al Xalifa, şuningdek, UEFA boş kotibi Teodor Teodoridis, KONKAKAF boş kotibi Filipp Mojo va OFK boş kotibi Datuk Seri Vindzor Jon imzolagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: