Falastin futbol assotsiatsiyasi FIFA va UEFA’ga murojaat qildi
Falastin futbol assotsiatsiyasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA), Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga Isroil mudofaa kuçlari (IDF) matbuot xizmati tomonidan falastinlik futbolçilar haqida berilgan bayonot yuzasidan rasmiy murojaat qildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq, Falastin ommaviy axborot vositalari futbolçilar, hakamlar va murabbiylardan iborat 12 nafar inson halok bölganini malum qilgan edi. IDF matbuot xizmati esa uşbu şaxslar radikal “Hamas” harakati va “Falastin Islomiy jihodi” taşkiloti azolari bölganini iddao qildi.
“Falastin futbol assotsiatsiyasi FIFA, UEFA va OFKga rasmiy şikoyat yöllab, IDF vakilining halok bölgan futbolçilar orasida terrorçi guruhlar azolari ham bölgani haqidagi bayonotlari yuzasidan çora körişni talab qildi.Insonlarni öldirib, söngra ularga qarşi heç qanday dalillarsiz, tegişli sud jarayonisiz yoki özini himoya qiliş imkoniyatini bermasdan ayblov qöyiş vijdonsizlikdir. Bu iddaolar heç qanday tasdiqlanadigan dalillar bilan qöllab-quvvatlanmagan, mustaqil yoki xolis organlarga taqdim etilmagan hamda heç qanday tekşiruv yoki söroqdan ötmagan”, deyiladi Falastin futbol assotsiatsiyasi bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil rasmiylari Falastin ayollar milliy terma jamoasi futbolçisi Rand Halavani hibsga olgani haqida xabar berilgandi.