Xavi Niderlandiya terma jamoasi boş murabbiyi böldi
2010 yilgi Jahon çempioni, ispaniyalik Xavi futbol böyiça Niderlandiya terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (NFA) matbuot xizmati malum qildi.
Manbaga köra, mutaxassis bilan kelişuv 2030 yilgi Jahon çempionati yakuniga qadar amal qiladi.
Xavi 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/8 finalidagi mağlubiyatdan söng istefoga çiqqan Ronald Kuman örnini egalladi. Kuman 2023 yil aprelidan buyon Niderlandiya terma jamoasini boşqarib kelgan. Uning rahbarligida jamoa 2024 yilgi Yevropa çempionatining yarim finaliga qadar yetib borgan.
46 yoşli Xavi sönggi bor Ispaniyaning “Barselona” klubini boşqargan. U 2021 yil noyabridan 2024 yil mayiga qadar kataloniyaliklar jamoasiga ustozlik qilgan. Uning rahbarligida “Barselona” 2023 yilda Ispaniya çempionati va Ispaniya Superkubogini qölga kiritgan.
Malumot uçun, Xavi 2019-2021 yillarda Qatarning “Al-Sadd” klubida boş murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. U “Barselona” tarbiyalanuvçisi bölib, 1998-2015 yillarda klub safida töp tepgan. Xavi kataloniyaliklar bilan sakkiz marta La Liga, uç marta Qirol kubogi va tört marta Çempionlar ligasida ğolib çiqqan.
U “Barselona” safida jami 767 ta öyin ötkazib, 85 ta gol urgan va 185 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Xavi Ispaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi Jahon çempionati, 2008 va 2012 yilgi Yevropa çempionatlarida ğolib çiqqan. Şuningdek, 2000 yilgi Olimpiya öyinlarida kumuş medalni qölga kiritgan.