“Real” oğirligi 40 kg bölgan kubokni yutdi
Keça, 12 avgust kuni “Real Madrid” jamoasi “Deportivo La-Korunya”ni 1:0 hisobida mağlub etib, oğirligi 40 kilogramm bölgan Tereca Errera kubogini qölga kiritdi.
Uçraşuv Ispaniyaning La-Korunya şahridagi “Riasor” stadionida bölib ötdi. Marokaşlik yarim himoyaçi Braim Dias yagona golni bölimning qöşib berilgan vaqtida – 45+1-daqiqada urdi.
“Deportivo” turnir tarixidagi eng köp sovrinni qölga kiritgan klub hisoblanadi – jamoa 26 marta ğolib çiqqan. “Real Madrid” esa 10 ta sovrin bilan ikkinçi örinda.
“Real” boş murabbiyi Joze Mourino uçun bu sovrin klubga qaytganidan keyingi ilk titul böldi. Mourino 11 iyun kuni jamoani boşqarişga kirişdi va şu yilning yanvar oyida jamoa boş murabbiyi bölgan Alvaro Arbeloa örnini egalladi.
Mourino bunga qadar ham “Real Madrid”ni 2010-2013 yillarda boşqargan. Uning rahbarligida klub 2011-2012 yilgi Ispaniya çempionati, 2010-2011 yilgi Ispaniya kubogi va 2011-2012 yilgi Ispaniya Superkubogida ğolib çiqqan.
Ötgan mavsumda Ispaniya çempionati yakuniga köra, “Real Madrid” 86 oçko töplab, 94 oçko jamğargan “Barselona”dan keyin ikkinçi örinni egallagan. “Deportivo” esa Segunda divizionida 77 oçko töplab, 2026-2027 yilgi mavsumda La Ligada iştirok etiş huquqini qölga kiritgan.