Islom Maxaçev çempionlik kamarini Yan Maçado Garriga qarşi himoya qiladi
Bugun, 15 avgust kuni UFC yarim örta vazn toifasi çempioni Islom Maxaçev ilk çempionlik himoyasini irlandiyalik Yan Maçado Garriga qarşi ötkazadi.
Jang bugun, 15 avgustdan 16 avgustga ötar keçasi Filadelfiyada bölib ötadigan UFC 330 turniri doirasida taşkil etiladi.
Bu Maxaçevning yarim örta vazn toifasidagi ikkinçi jangi böladi. Rossiyalik sportçi 2025 yil noyabr oyida uşbu vaznga kötarilib, debyut jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mağlub etgan va çempionlik kamariga ega çiqqan edi.
Maxaçevning UFC’dagi ğalabali seriyasi ayni vaqtda 16 ta jangdan iborat. Agar u Garrini mağlub etib, çempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilsa, UFC’dagi ketma-ket ğalabalar böyiça yangi rekord örnatadi va bu körsatkiç böyiça braziliyalik afsona Anderson Silvani ortda qoldiradi.
Xabarlarga köra, Maxaçevning burçagida sobiq UFC çempioni Habib Nurmagomedov va murabbiy Xaver Mendes böladi.