Frantsiya futboli rahbari Infantinoni yaşirinça qöllab-quvvatlamoqda
Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo FIFA rahbari Janni Infantinoni yaşirinça qöllab-quvvatlamoqda. U UEFA’ning FIFA musobaqalarini boykot qiliş böyiça pozitsiyasiga amal qilmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Romen Molina özining YouTube kanalida malum qildi.
Manbaga köra, Dialloning pozitsiyasi joriy yilning sentyabr oyida Polşada bölib ötadigan 20 yoşgaça bölgan ayollar örtasidagi Jahon çempionati bilan boğliq. U UEFA’ning FIFA homiyligidagi musobaqalarni boykot qiliş pozitsiyasiga qaramay, Frantsiya terma jamoasining uşbu turnirda iştirok etişini istamoqda.
Molinaning takidlaşiça, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron ham vaziyatga aralaşgan. U futbol konfederatsiyalari rahbarlarini FIFA içidagi bölinişning oldini oliş va birlikni saqlaşga çaqirgan. Xususan, Makron Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) prezidenti Patris Motsepe bilan muzokaralar ötkazgan. Joriy yilning 6 avgust kuni CAF Infantinoni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.
Şuningdek, Yevropa futbol assotsiatsiyalari Infantinoni qöllab-quvvatlagan xatlarini qaytarib olişni rejalaştirayotgani haqida xabar berildi. UEFA’ning 55 azosidan dastlab 52 tasi Infantino nomzodini qöllab-quvvatlagan. Germaniya, Ruminiya va Norvegiya uni qöllab-quvvatlamagan edi.
Uels futbol assotsiatsiyasi Infantinoni qöllab-quvvatlaşdan oçiqçasiga voz keçgan birinçi taşkilot böldi. Keyinçalik Serbiya va Şvetsiya kabi bir qator davlatlar ham unga bölgan qöllovini qaytarib oldi.
Şu tariqa, FIFA rahbari atrofidagi ziddiyatlar kuçayib borayotgan bir paytda Frantsiya futbol federatsiyasi rahbari Filipp Dialloning Infantinoni qöllab-quvvatlayotgani haqidagi xabarlar Yevropa futbolidagi bölinişni yanada kuçaytirişi mumkin.