UEFA Klublar örtasidagi JÇni boykot qilişi mumkin
UEFA klublar örtasidagi Jahon çempionatini boykot qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs malum qildi.
Xabarga köra, bu masala FIFA prezidenti Janni Infantino atrofidagi mojaro bilan boğliq. Avvalroq, FIFA turnirlarning tijoriy huquqlarini xususiy kompaniyaga sotişni rejalaştirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbol konfederatsiyalari bosimi va UEFA’ga azo mamlakatlar tomonidan Jahon çempionatini boykot qiliş tahdididan söng Infantino uşbu taşabbusdan voz keçdi.
Manbaga köra, UEFA prezidenti Aleksander Çeferin hamda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Nosir Al-Xelayfi yaqin kunlarda uşbu vaziyatni muhokama qiladi. Uçraşuv joriy yilning 12 avgust kuni UEFA Superkubogi doirasida bölib ötadigan “PSJ” – “Aston Villa” öyini arafasida ötkazilişi rejalaştirilgan. Nosir Al-Xelayfi ayni paytda PSJ klubi prezidenti ham hisoblanadi.
Malum qilinişiça, Aleksander Çeferin Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimida qolgan taqdirda, ECA va unga azo klublar 2029 yilgi Klublar örtasidagi Jahon çempionatida iştirok etmasligi tarafdori. Biroq bunday qaror kuçga kirişi uçun Yevropa klublari assotsiatsiyasi tarkibidagi 850 dan ortiq azo klubning roziligi talab etiladi.