Rasman! Ronaldu Toşkentga keladi
Bugun, 18 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur şahrida Elite Osiyo Çempionlar ligasi musobaqasiga qura taşlanadi. Toşkentning “Paxtakor” klubi Elit OÇL musobaqasining 2026-2027 yilgi mavsumida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga qarşi bahs ötkazadi.
Qura natijasiga köra, “Paxtakor” va “An-Nasr” Osiyodagi eng nufuzli klublar musobaqasining Ğarb mintaqasi liga bosqiçida özaro töqnaş keladi.
Uşbu bahsning Toşkentda ötkazilişadigan böldi. “An-Nasr” safida jahon futboli yulduzi Kriştianu Ronaldu töp tepadi.
“An-Nasr” dan taşqari “Paxtakor” liga bosqiçida “Istiqlol”, “Al Ahli”, “Al Fors”, “Traktor” va “Al Hilol” jamoalari bilan ham töqnaş keladi.
Şu tariqa, “Paxtakor” yangi mavsumda Osiyoning eng kuçli klublaridan biri – “An-Nasr”ni Toşkentda qabul qiladi. Uçraşuvning aniq sanasi keyinroq malum qilinadi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 avgust kuni “Paxtakor” Elit OÇLning asosiy bosqiçigayöllanma olgan edi. Toşkentliklar saralaş bahsida Iordaniyaning “Al-Husayn” klubini 3:0 hisobida mağlub etdi. Dostonbek Hamdamov dubl qayd etgan bölsa, Başar Resan yana bir gol urgan.