“Neftçi” ham Ronalduning jamoasi bilan öynaydi
Bugun, 18 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur şahrida Elite Osiyo Çempionlar ligasi musobaqasiga qura taşlanadi. Unda Farğonaning “Neftçi” klubi Elit Osiyo Çempionlar ligasi musobaqasining 2026-2027 yilgi mavsumidagi raqiblarini aniqladi.
Qura natijasiga köra, Farğonaliklar ham Ronaldu yetakçiligidagi “Al Nasr” bilan safarda töqnaş keladi. “Neftçi”ning Ğarb mintaqasidagi quyidagi jamoalar bilan bahs olib boradi.
“Neftçi”ning “Istiqlol” stadionida qabul qiladigan raqiblari:
- “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)
- “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
- “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)
- “Eyr Fors” (Iroq)
“Neftçi”ning safardagi raqiblari:
- “Istiqlol” (Eron)
- “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni)
- “Al-Qodisiya” (Saudiya Arabistoni)
- “Traktor” (Eron)
Şu tariqa, Farğona klubini ham Elit OÇLning liga bosqiçida “Al-Nasr” bilan töqnaş keladi. Faqat “Paxtakor”dan farqli ravişda “Neftçi” Ronaldu jamoasi bilan safarda öynaydi.
“Neftçi” Farğonada OÇLning amaldagi ğolibi “Al-Ahli” hamda “Al-Hilol” va “Al-Ittihod” kabi Saudiya Arabistoni grandlarini qabul qiladi.
Safarda esa “Neftçi” Kriştianu Ronaldu töp tepadigan “An-Nasr” hamda Eronning “Istiqlol” va “Traktor” klublariga qarşi maydonga tuşadi.
2026-2027 yilgi Elit OÇLning liga bosqiçida jami 32 ta jamoa iştirok etadi. Ularning 16 tasi Ğarb, 16 tasi Şarq mintaqasiga bölingan. Har bir klub liga bosqiçida sakkizta uçraşuv ötkazadi – törttasi uyda va törttasi safarda.