USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pogba klubsiz qoldi

66 марта
Погба клубсиз қолди

“Monako”ning frantsiyalik yarim himoyaçisi Pol Pogba özaro kelişuvga köra jamoasi bilan şartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Pogba “Monako” bilan 2025 yil iyun oyida şartnoma imzolagan va kelişuv 2027 yil 30 iyungaça amal qilişi belgilangan edi.

“Klub 2018 yilgi Jahon çempionati ğolibiga bizga bildirgan işonçi va “Monako”dagi faoliyati davomida namoyiş etgan yuqori darajadagi professionalligi uçun çuqur minnatdorlik bildiradi”, deyiladi klub bayonotida.

Pogba ham klub bilan xayrlaşar ekan, jamoa rahbariyati, hamyurlari, xodimlar va muxlislarga minnatdorlik bildirgan.

“Prezident va rahbariyatga, jamoadoşlarimga, barça xodimlarga hamda menga işongan muxlislarga minnatdorlik bildirmoqçiman. Uşbu klub va Knyazlik şarafini himoya qiliş men uçun ajoyib tajriba böldi”, deydi Pogba.

Malumot uçun, 33 yoşli Pogba “Monako” safida atigi 6 ta uçraşuvda maydonga tuşdi. U 2018 yilgi Jahon çempionati ğolibi, şuningdek, 2016 yilgi Yevropa çempionatida kumuş medal sohibi hisoblanadi. Faoliyati davomida Pogba Italiyaning “Yuventus” va Angliyaning “Mançester Yunayted” klublarida töp tepgan. U “Mançester Yunayted” bilan 2017 yilda Yevropa ligasida ğolib çiqqan.

Frantsiyalik futbolçi “Yuventus” bilan tört marta Italiya çempioni bölgan, uç marta Italiya Superkubogi va ikki marta Italiya Kubogini qölga kiritgan.

2024 yil fevral oyida Pogba dopingga qarşi qoidalarni buzgani uçun tört yilga futboldan çetlatilgan edi. Biroq öşa yil oktyabr oyida Sport arbitraj sudi diskvalifikatsiya muddatini 18 oyga qisqartirdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: