Biz bunga arziymiz: Özbekiston Jahon çempionati ostonasida!
5-06-2025, 17:19
92 марта

Biz bunga arziymiz: Özbekiston Jahon çempionati ostonasida!
2025 yil, 5 iyun. Abu-Dabi şahridagi «Ol Nahayon» stadioni. BAA—Özbekistonuçraşuvi. Butun Özbekiston bir lahzani – tarixda ilk bor milliy jamoamiz Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritişini kutmoqda...12 yoşli Şohruxning xonasida Messi, Ronaldu, Yamal va boşqa futbolçilarning suratlari bor. Ularning eng tepasida esa Özbekiston terma jamoasining rasmi.
U milliy jamoamizning har bir öyinini tomoşa qiladi, har bir golni futbolçilar bilan birdek nişonlaydi, mağlubiyatlarda esa köziga yoş qalqiydi.
Unda futbolga qiziqiş 24 yoşli akasi Jahongirdan ötgan. Birgalikda stadionlarimizga tuşib, «Özbeyeyekiiiistooon!» deya hayqirişdan çarçamaydi. Uning ham, akasining ham katta orzusi bor — Vatan jamoasi mundialga yöl olganini köriş.
BAAdagi hal qiluvçi öyin arafasida ular aviaçipta va stadionga kiriş çiptasini oliş uçun pul jamğarişdi. «BAAga borib stadionga kiriş oson emas, sarson bölmanglar», deganlar ham böldi. Ular esa qarorida qatiy turişdi.
Nihoyat, kutilgan kunlar kelib, BAA yöl olindi. Aeroportda ularni biroz noxuş holatlar qarşi oldi — turli bahonalar bilan bir neça soat uşlab turişdi. Savollar, tekşiruvlar, suniy keçiktirişlar. Biroq ular taslim bölişni istaşmadi. «Nima maqsadda keldingiz?» degan savolga, Şohrux: «Özbekistonni qöllab-quvvatlaşga kelyapman. Bayroğimizni kötariş uçun», deb ingliz tilida javob qaytardi.
Jahongir ukasiga ğurur bilan qaradi. Bu sözlarda pok niyat, Yangi Özbekiston farzandining bukilmas irodasi aks etgandi.
Özbekistonning diplomatik xizmatlari vaziyatga aralaşdi. Konsullik xodimlari, hatto BAAdagi mahalliy özbeklar ham yordam qölini çözişdi. Bu yangi davrning belgisi edi. Endi özbek pasporti egalari dunyo aeroportlari terminallarida yolğiz qolib ketişmaydi.
Nihoyat, ular turli tösiqlarni yengib, stadionga kirişdi. Bugun bu yerda tarixning yangi sahifasi yozilişi mumkin. Şohrux qölida bayroğimiz bilan jamoamizning çiqişini intizorlik bilan kutmoqda...
Kelajakka işonç
Uning özi ham futbol bilan jiddiy şuğullanadi. Toşkentdagi «Odil Junior» futbol maktabida tarbiyalanadi. Bugun mamlakatimizda futbolimiz rivoji uçun nimalar qilinganini u yaxşi biladi. Xususiy futbol maktablari, bolalar va ösmirlar akademiyalari, murabbiylarni tayyorlaş, 2030 yilgaça möljallangan strategiya, selektsiya jarayonlarining yaxşilanayotgani — barçasi natija bermoqda. Eldor, Abduqodir singari akalari Yevropaning grand jamoalarida töp surişmoqda. Bugun ularni dunyo taniydi.
Yaqindagina Osiyo çempionatida zafar quçgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilarning aksariyati özi öqiyotgan futbol maktabida tarbiyalanişadi. Ularni yaxşi taniydi. Akalarining Osiyo çempionati finalidagi tarixiy ğalabasi — hakam mezbonlarga qança yordam berişga harakat qilmasin, maydonda 9 kişi qolib ham çempion bölib qaytişgani uning kelajakka bölgan işonçini yana ham oşirib yubordi.
Şohruxning özi ham şunday poğonalardan ötib, kelajakda Özbekiston nomini dunyoga tanitadigan futbolçi bölişni istaydi. Va bugun asosiy terma jamoamiz Jahon çempionatiga yöl olişiga qattiq işonadi...

Bir paytlar murabbiylar almaşardi, futbolçilar yangilanardi, ammo futbolimiz özgarmasdi, öz-özidan natija ham bölmasdi. Endi futbolimizning özi özgarmoqda. Sportçilarimizda xarakter, fidoyilik va professionalizm paydo böldi. Bu xarakter, ana şu tribunada Vatani jamoasini qöllab turgan bolakaylarning işonçi va umidi bilan töyingan.
Bosiq va xotirjammiz
Negadir BAAga qarşi muhim öyin oldidan ança xotirjammiz. Qandaydir suniy tösiqlar, bosimlarga qaramay, bugun ğalaba qozonadigandekmiz. Kuzatilgan voqealar — aeroportda uşlab turişlar, tekşiruvlar, ayrim muxlis va jurnalistlarning qaytarib yuborilişi — köproq bizdan qörqişayotgandek tasavvur uyğotmoqda.
Jamoamizdan, muxlislarimizdan çöçişyaptimi, demak bizdan köra ularning özlarida bosim katta. Endi bu ustunlikni futbolçilarimiz natijada aks ettirişlari qoldi. Biz ularning yurtida, ularning köz öngida, ularning jamoasini mağlub etib, Jahon çempionatiga çiqqanimizni nişonlaşimiz zör messej bölardi. Xuddi 17 yoşli ösmirlarimizning jasorati kabi.
Şunga öxşaş vaziyat 2012 yilda ham sodir bölgandi. Özbekiston - BAA olimpiya terma jamoalari örtasidagi öyin Olimpiadaga çiqiş uçun hal qiluvçi bahs edi. Faqat unda biz mezbon edik. BAAdan bir neçta samolyot muxlis va rahbarlar kelgan, Toşkentdagi JAR stadionining bir qismini töldirişgan edi. Bizning arablardan farqimiz — ularning kelib-ketişiga tösqinlik bölmagandi. Biz bağrikeng xalqmiz.
Uçraşuvda Özbekiston ikki gol urib hisobda oldinga çiqib olgan, biroq ikkinçi taymda BAA uçta gol urib, köz öngimizda Olimpiada yöllanmasini nişonlaşgan edi.
Nasib etsa, bugun biz bayram qilamiz!