Özbekiston Messi yetakçiligidagi Argentina bilan öynaşi mumkin
Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 30 sentyabr kuni 2022 yilgi jahon çempioni va 2026 yilgi jahon çempionati finalçisi Argentina terma jamoa bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazişi mumkin. Bu haqda “Sina Sports” naşri xabar berdi.
Naşr malumotiga köra, Argentina terma jamoasi 2026 yil sentyabr-oktyabr oylaridagi xalqaro öyinlar oynasida Xitoyga borib, ikkita örtoqlik uçraşuvida iştirok etişi rejalaştirilgan. Ularning dastlabkisi joriy yilning 30 sentyabr kuni Özbekiston terma jamoasiga qarşi ötkazilişi kutilmoqda.
Şu bilan birga, Argentina futbol assotsiatsiyasi va Xitoy tomonidan uçraşuv hozirça rasman tasdiqlanmagani qayd etilgan. Şu sababli, öyin sanasi va ötkaziliş joyi özgarişi yoki uçraşuv bekor qilinişi ham mumkin.
“Sina Sports” malumotiga köra, Argentina terma jamoasi sentyabr-oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffusdan Osiyodagi ikki örtoqlik uçraşuvi uçun foydalanişni rejalaştirmoqda.
Agar bahs rasman tasdiqlansa, bu Özbekiston terma jamoasi uçun 2027 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonidagi muhim örtoqlik uçraşuvlaridan biri böladi.
Malumot uçun, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro ham jahon çempionatiga bağişlangan matbuot anjumanida bir qator kuçli terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvi ötkaziş böyiça muzokaralar davom etayotganini malum qilgan edi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning oktyabr oyida Özbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan ham örtoqlik uçraşuvi ötkazişi haqida xabar berilgandi. Hozirça bu uçraşuvning ham joyi va sanasi malum emas. Agar yuqoridagi malumotlar tasdiqlansa bu uçraşuvning ham Xitoyda ötiş ehtimoli juda yuqori.