Sindorov va Assaubayeva FIDE Circuit reytingida peşqadamlik qilmoqda
Özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindorov va qozoğistonlik Bibisora Assaubayeva FIDE Circuit 2026–2027 reytingida öz yönalişlarida peşqadamlik qilmoqda. Bu haqda FIDE matbuot xizmati xabar berdi.
Malumotlarga köra, Javohir Sindorov oçiq turnirlar böyiça FIDE Circuit 2026–2027 reytingida birinçi örinni egallab turibdi. U avgust oyi boşida Şarlottada ötkazilgan Naroditsky Memorial turnirida rapid va blits bahslarida ğalaba qozonib, Nodirbek Abdusattorovni ortda qoldirgan va reyting peşqadamiga aylangan.
Ayni paytda Sindorovning hisobida 93,89 oçko bor. Uning yaqin taqibçisi AQŞ vakili Uesli So hisoblanadi. So 20 avgust kuni “Sinquefield Cup” turnirida uçinçi marta çempion bölib, reytingda 2-öringa kötarildi. 3-örinda Nodirbek Abdusattorov bölib, uning hisobida 65,64 oçko mavjud.
Ayollar örtasida esa Bibisora Assaubayeva FIDE Women’s Circuit 2026-2027 reytingida birinçi örinda bormoqda. U may oyidagi musobaqalardan keyin reytingda yetakçilikni qölga kiritgan edi. FIDE uni ayollar örtasidagi Circuit poygasining peşqadami sifatida qayd etgan.
Malumot uçun, FIDE Circuit – dunyo böylab ötkaziladigan yuqori darajadagi şaxmat turnirlarini yagona reyting tizimiga birlaştiruvçi musobaqalar seriyasidir. 2026-2027 yilgi Circuit natijalari keyingi Kandidatlar turniri uçun muhim ahamiyatga ega.