Bibisora Asaubayeva 40 ming dollarlik turnirda ğolib böldi
Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Asaubayeva WR Women’s Çess Tour 2026 Yevropa bosqiçi doirasidagi rapid turnirida ğolib böldi. Bu haqda “World çess” xabar berdi.
Musobaqa Frantsiyaning Sen-Trope şahrida bölib ötdi. Finalda Asaubayeva ukrainalik Mariya Muziçukka qarşi bahs olib borib, 2:0 hisobida ğalaba qozondi.
Qozoğistonlik şaxmatçi ğalabasidan söng Instagram sahifasida taassurotlari bilan örtoqlaşdi.
“Hammaga salom! Bugungi iş kunim tugadi. Men WR Çess Tour musobaqasining rapid qismida ğolib böldim. Birinçi öyinda Pyottsni, ikkinçisida Batsyaşvilini, uçinçisida esa Mariya Muziçukni mağlub etdim. Ertaga blits. Biroz çarçadim, lekin özimdan mamnunman. Bundan taşqari... poşnada 6 soat. Ha, tamom”, deydi Bibisara.
Şu tariqa, Asaubayeva rapid turniri çempionligini qölga kiritdi.
Qozoğistonlik şaxmatçi musobaqada iştirokini davom ettirib, endi blits böyiça çempionlik uçun ham kuraşadi. Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi 40 ming dollarni taşkil etadi.
Malumot uçun, WR Women’s Çess Tour – turli mintaqalardagi bosqiçlar va finaldan iborat ayollar şaxmat musobaqalari seriyasi bölib, unda rapid va blits yönalişlarida bahslar ötkaziladi.