Terri Anri taqdirlandi
Frantsiya terma jamoasi safida 1998 yilgi jahon çempioni Terri Anri UEFA prezidenti mukofotiga sazovor böldi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdirlaş marosimi keça, 27 avnust kuni Monakoda Çempionlar ligasi qurasi paytida bölib ötdi. UEFA prezidenti Aleksandr Çeferin “Arsenal”ning sobiq hujumçisiga sovrinni topşirdi.
Anri 49 yoşda. U futbolçi sifatida “Monako”, “Yuventus”, Londonning “Arsenal”, Ispaniyaning “Barselona” va AQŞning “Nyu-York Red Bullz” jamoalarida öynagan. Frantsiyalik futbolçi “Arsenal”ning barça davrlardagi eng yaxşi töpurari hisoblanadi. U londonliklar bilan ikki marta Angliya çempioni bölgan.
“Barselona” safida Anri Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA Klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan. Frantsiya terma jamoasi bilan esa 1998 yilgi jahon çempionati, 2000 yilgi Yevropa çempionati va 2003 yilgi Konfederatsiyalar kubogida çempionlikni qölga kiritgan.